Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Narpay tumanida sanoat qog‘ozi ishlab chiqaruvchi korxona ishga tushdi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Samarqand viloyati boshqarmasi muvofiqlashtiruvida Narpay tumanida sanoatda ishlatiladigan har xil turdagi qog'ozlarni ishlab chiqarish bo'yicha zamonaviy, Markaziy Osiyodagi yagona import o'rnini bosuvchi loyiha ishga tushirildi.

"NBA ALLIANZ" MChJ tomonidan amalga oshirilgan loyihaning qiymati 13 million dollarni tashkil etadi, shundan 5,5 million dollari to'g'ridan - to'g'ri xorijiy investitsiyalardir. Import qilinadigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kirgan ushbu loyiha yiliga eksportga yo'naltirilgan 30 ming tonna turli xil karton turlarini ishlab chiqarishga mo'ljallangan. Umumiy eksport hajmi kamida 5 million dollarni tashkil etadi.

Loyiha ishga tushishi natijasida 80 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Korxona 2023 yilning birinchi choragida faoliyatini kengaytirib, yana qo‘shimcha 70 ta yangi ish o‘rinlarini ochadi.