Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Chuqur hamdardligimizni bildiramiz

Shu yilning 17-mart kuni Xorazm viloyati Gurlan tumani hokimining o‘rinbosari, tuman Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i Jumagaldiyev Umidjon Usmonboyevich baxtsiz voqea oqibatida vafot etdi.

Umidjon Jumagaldiyev 1990 yilda Gurlan tumani Xazorasp qishlog‘ida tug‘ilgan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi. 2021 yilda tuman hokimi o‘rinbosari etib tayinlangan. U iqtidorli, kamtar, atrofdagilarga eʼtiborli va g‘amxo‘r yosh rahbar edi. Umidjon Usmonboyevich bilimi, mehnatsevarligi, yaxshi xulq-atvori tufayli hamkasblari va tanishlari o‘rtasida munosib obro‘ va hurmat qozondi. Uning ortida 3 nafar voyaga etmagan farzandlari qolgan.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi jamoasi Umidjon Jumagaldiyevning bevaqt vafoti munosabati bilan yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi. Uning yorqin xotirasi qalblarimizda saqlanib qoladi.