Yangi transport yo’lagini rivojlantirish loyihasi muhokama qilindiYangi transport yo’lagini rivojlantirish loyihasi muhokama qilindi
20-sentabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiya (ESKATO) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, unda Chobahor porti orqali "O'zbekiston – Turkmaniston – Eron – Hindiston" transport yo'lagini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralarda yaqin kelajakda 1 milliard dollarga yetadigan O'zbekiston va Hindiston savdo aylanmasining barqarorligini ta'minlaydigan yangi transport yo'lagining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish bo'yicha kelishuvga erishildi. Mazkur yo'lak, shuningdek, yaqin istiqbolda 3,2 milliard dollarni tashkil etishi mumkin bo'lgan Markaziy Osiyo va Hindiston mamlakatlari o'rtasidagi o'zaro savdo munosabatlari doirasida mahsulot etkazib berishning uzluksizligini ta'minlashga ham qaratilgan.