Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida e'lon
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 oktyabrdagi 625-son “Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir bo‘lgan yengib bo‘lmas kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Mazkur davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun arizachi O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali YAIDXPda so‘rovnomani to‘ldirib, identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (elektron raqamli imzo, mobil-ID va boshqalar)ni qo‘llagan holda tegishli hujjatlarni yuklagandan so‘ng so‘rovnomani yuboradi.
2022 yil 28 dekabrdan boshlab arizalar faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda elektron pochta orqali kelib tushgan arizalar qabul qilinmaydi.
Arizani topshirish yuzasidan savollar bo‘yicha Vazirlikning Yuridik boshqarmasiga murojaat qilishingiz so‘raladi.
Murojaat uchun telefonlar: 71 238 52 44, 71 238 50 22.