Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

“Yoshlarning 100 ta ilg‘or loyihasi” tanlovi yakunlari sarhisob qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi kichik va o‘rta biznes sohasida yoshlar salohiyatini yuzaga chiqarish, joylarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantirishga qaratilgan “Yoshlarning 100 ta eng ilg‘or loyihasi” tanlovi natijalarini e’lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun fursatloyiha.uz platformasi orqali 1469 ta ariza kelib tushdi. Yoshlarning turli xil loyihalari zamonaviy IT-markazni yaratishdan tortib, bolalar o‘yinchoqlarini ishlab chiqarish korxonalarini ochishgacha bo‘lgan 36 toifa va yo‘nalishlarga bo‘lindi.

Nizomga muvofiq, “xizmat ko‘rsatish” va “ishlab chiqarish” yo‘nalishlaridagi biznes-reja loyihalari bo‘yicha hujjatlar to‘plamini to‘liq taqdim etgan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tanlovda ishtirok etdi.

Birinchi bosqich doirasida tanlov komissiyasi tomonidan 1469 ta loyihadan tanlovning barcha shartlariga javob beradigan 38 ta loyiha tanlab olindi.

Bundan tashqari, tanlov shartlarini inobatga olib, g‘oliblar sonini 100 taga yetkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Buning uchun ikkinchi bosqichga o‘tgan 120 ta loyiha qo‘shimcha ekspertizadan o‘tkazildi. Natijada g‘oliblarning to‘liq ro‘yxati quyidagicha shakllantirildi (havola).

Shunday qilib, tanlovdan o’tgan har bir loyiha amalga oshishi uchun moliyaviy yordam beriladi. 

Musobaqaning asosiy maqsadi amalda natijaga erishishdir. Toki, yoshlarning g‘oyalari samarali loyihalar ko‘rinishiga kelsin. Loyihalar esa, o‘z navbatida, hayotga joriy qilinib, iqtisodiy va ijtimoiy samaralarini ko‘rsatsin.