Xitoy Milliy Neft korporatsiyasi Xitoyda joylashgan neft kompaniyalari orasida kattaligi bo‘yicha uchinchi o‘rinni va Xitoy neft sanoatida yetakchi o‘rinni egallaydi. Kompaniya biznes-portfelida neft kompaniyalari bilan bir qatorda neft sanoati xizmatlari va neft, gaz narxini belgilovchi barcha zanjirlar birlashgan. Global neft doirasida kompaniya katta rol o‘ynaydi. Hozirgi vaqtda CNPC 31 mamlakatda, jumladan O‘zbekistonda ham mavjud.
2006 yil 8 iyun kuni Qidiruv va rivojlanish bo‘yicha Xitoy milliy neft-gaz (CNODC) korporatsiyasi, CNPC shoʻba korxonasi “O‘zbekneftegaz” MXK O‘zbekistonning neft va gazga boy bo‘lgan mintaqalarida geologiya qidiruv ishlarini o‘tkazishga bitim tuzdi. Ushbu bitmga asosan CNODC tomonidan O‘zbekistonda investisiya majburiyatlarini amalga oshirish uchun boshqaruvchi kompaniya sifatida xorijiy korxona CNPC Silk Road Group (CNPC SRG) MCHJ tashkil qilindi.
Shundan boshlab CNPC Silk Road Group (CNPC SRG) Qorajida investision bloklari - Gumxona, Romiton, Qorako‘l, Aralomorsk va sams-Kosbuloqda ishning xar bosqichida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llab faoliyat olib bormoqda. Jumladan, keyinchalik quduqlarni sinovdan o‘tkazish bilan seysmik qidiruv ishlarini olib boradi. Undan tashqari CNPC SRG, CNODC korporatsiyasi Orol dengizi akvatoriyasi loyihasiga ham investisiyalar kiritgan. CNODC ning eng asosiy ustuvorliklaridan biri - havfsiz foydalanish masalalariga eng katta e’tibor berishi: atorf-muhitni muhofaza qilishi, jamotchilik manfaatlarini hisobga olishidir.