Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Knauf Gips KG – xalqaro innovatsion ishlab chiqarish kompaniyasi. Kompaniyaning shtab-kvartirasi – Shimoliy Bavariyaning Ipxofen shahrida (Germaniya) joylashgan.

Knauf kompaniyasi Germaniyada 1932 yilda aka-uka Alfons va Karl Knauf tomonidan asos solingan.

1949 yilda Shimoliy Bavariyada gips qurilish qorishmalarini ishlab chiqarish zavodi tashkil etiladi. 1958 yilda gips suyuqliklarini ishlab chiqarish bo‘yicha ilk zavod ishga tushiriladi. 1970 yilda Knauf kompaniyasi o‘sha paytda sement asosdagi quruq qorishmalar ishlab chiqaruvchi Doyche Perlite GmbX firmasining (Dortmund)aksiyalar paketini sotib oladi. Kompaniya o‘z biznesini diversifikatsiyalagan holda, Shelbivilldagi (AQSH) shisha tolasidan izolyasiya materiallarini ishlab chiqaruvchi zavodni sotib olgan.

1993 yildan boshlab kompaniya Rossiyaga investisiya faoliyatini boshladi. Keyin Ukraina, Moldova, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Ozarbayjonda korxonalar tashkil etildi. Kompaniya shuningdek, xayriya faoliyati bilan ham shug‘ullanadi.

O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi yetakchi sanoatlashgan va MDH mamlakatlari orasida aholisi zich davlatlardan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston xorijiy sarmoyadorlar uchun jozibador bozor hamdir. Respublikamizdagi siyosiy barqarorlik, mamlakatimizning Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgani Knauf kompaniyasi uchun yurtimizning jozibadorligini belgilovchi muhim omillardan sanaladi. Bu o‘zaro manfaatli mintaqaviy hamkorlik uchun qulay sharoitlar yaratadi. Yana bir muhim omil – barqaror va yuqori sifatli xomashyo bazasi tarkibida kalsiy miqdori ko‘p bo‘lgan gips konlarining mavjudligidir.

Xorijiy sarmoyadorlar uchun qator imtiyoz va preferensiyalar taqdim etiladi. Ular mol-mulk va daromad solig‘idan, material va uskunalarni import qilishda bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.

Qurilish sanoatining keng miqyosda rivojlanishi ham qo‘shimcha omil bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston va qo‘shni mamlakatlarda kapital qurilish jadal sur’atlar bilan o‘sish dinamikasi istiqbolda ham saqlanib qolishi muhimdir.

Gipsokarton ishlab chiqarish zavodi ishga tushirilganidan so‘ng bir yil o‘tib, Knauf kompaniyasi O‘zbekistonda ushbu qurilish materialini ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha yetakchiga aylandi. Qolaversa, bugungi kunda mahsulotning 30% dan ortig‘i Markaziy Osiyo mamlakatlariga, jumladan, Afg‘onistonga eksport qilinmoqda.

Knauf gipsokarton zavodining rasmiy ochilishi 2011-yil 22 sentabr kuni bo‘lib o‘tdi. Zavod yiliga 20 mln. kv. metr yuqori sifatli gipsokarton ishlab chiqarish imkonini beradi.

Sifat, samaradorlik va ekologik xavfsizlik raqobatbardoshlikka erishish, bozordagi ulushni saqlash va oshirishda Knauf kompaniyasi strategiyasining asosini tashkil etadi.

2018-yil 16 may kuni Buxoro viloyatida Knauf Gips Buxoro korxonasida amalga oshirilgan keng miqyosli rekonstruksiyadan so‘ng Knauf qoplamalarini ishlab chiqarish liniyasi rasman ishga tushirildi.