Huawei Technologies Co. Ltd. – telekommunikatsiya sohasida eng yirik xitoy kompaniyalaridan biri. Kompaniyaga Xitoy Xalq-ozodlik armiyasining sobiq injeneri Jen Chjenfey tomonidan 1987-yilda asos solingan.
Huawei mahsulotlariga quyidagilar kiradi:
- (LTE/HSDPA/W-CDMA/EDGE/GPRS/GSM, CDMA20001xEV-DO/CDMA2000 1X, TD-SCDMA) simsiz tarmoqlar jihozlari;
- (IMS, Mobile Softswitch, NGN) tayanch tarmoq jihozlari;
- tarmoq moslamalar (FTTx,xDSL, optik moslamalar , marshrutizatorlar, tarmoq kommutatolari);
- ilova va apparat ta’minoti (IN), ma’lumotlarni mobil uzatish xizmatlari, (BOSS);
- (UMTS/CDMA) terminallari.
Huawei O‘zbekistonda faoliyat boshlaganiga 14 yildan oshdi. U o‘z biznesini O‘zbekistonda shtatlar jadvalida 10 kishidan iborat bo‘lgan kichik vakolatxona ochib boshlagan.
Bugun Huawei ni 150 ishchisi bo‘lgan shoʻba korxonasi bor. Ularning
80% O‘zbekiston fuqarolari tashkil qiladi. Undan tashqari, 2012 yildan boshlab Toshkent mintaqaviy shtab-kvartira sifatida belgilangan, bu yerdan markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari nazorat qilinadi.
Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik va do‘stona munosabatlar va, shuningdek, O‘zbekiston hukmatinining ko‘magi tufayli Huawei O‘zbekistonning yetakchi telekommunikatsiya operatorlarining muhim sherigi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda “Huawei” Uztelecom, Unitel, Ucell, Perfectum Mobile va East Telecom milliy operatorlariga jihozlar va servis yechimlar taqdim etib keladi. Kompaniya axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida uzoq muddatli investor hisoblanadi. Huawei O‘zbekistonni iqtisodiy istiqbollariga ishongan holda ushbu mamlakatga investisiyalar kiritmoqda. O‘zbekiston bozori Markaziy Osiyoda muhim rol o‘ynaydi, telekommuniksiya bozorini rivojlanish imkoniyatlari ulkandir. Huawei xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, O‘zbekiston korxonalari va aholisini eng zamonaviy aloqa texnologiyalari bilan ta’minlashga o‘z ulushini qo‘shishga tayyor.