Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Korxona yuridik manzili: “MEHRIGIYO” xususiy korxonasi, Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani, O‘rozimergan;

Mulk shakli: xususiy korxona;

Korxona tashkil topgan yil: 1992 yil;

Yer maydoni: 29,3 ga;

Ishchi xodimlar soni: 150 nafar;

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi: 130 xil;

Korxona faoliyati: shifobaxsh o‘simliklar yetishtirish, qayta ishlash va qadoqlash, eksportga yo‘naltirish (klaster);

Korxonaning asosiy vazifasi: shifobaxsh choylar, shifobaxsh ne’matlar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarib, insonlar salomatligini yaxshilash, immunitetini oshirib, turli kasalliklarni oldini olish;

Korxona ta’sischi: Abdurazaqov Alijon Gʻaniyevich 1960 yil 17 aprelda Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani, Toshkentliguzar qishlog‘ida tug‘ilgan. 1983 yilda Toshkent farmasevtika institutini tamomlagan;

Korxona rahbari: Nuriddinov Xondamir Muqimjon o‘g‘li 1991 yil 4 noyabrda Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani, Gʻijdon qishlog‘ida tug‘ilgan. Qo‘qon Davlat pedagogika institutining “Kimyo o‘qitish metodikasi” fakultetini 2015 yilda tamomlagan;

Kompaniyaning shiori: Korxona o‘z oldiga shifobaxsh ne’matlar bilan boyitilgan tabiiy dorivor va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqargan holda, insonlar salomatligini yaxshilashga ko‘maklashish xamda immunitetini oshirib, turli kasalliklarga chalinishlarini oldini olib, ularning dardlariga malham ulashish kabi ulug‘ maqsadlarni qo‘ygan holda tashkil qilingan;

Korxona dastlabki faoliyati: Dastlabki yillarda korxonada 6 nafar ishchi xodimlar faoliyat olib borgan va 2 turdagi shifobaxsh mahsulot (moychechak gullari va tukli no‘xat o‘ti) ishlab chiqarish;

Korxona faoliyati haqida:

Korxonani asosiy faoliyat yo‘nalishi shifobaxsh o‘simliklar yetishtirish va shifobaxsh mahsulotlar ishlab chiqarish hisoblanadi.

Yuqori sifat va mahsulotlarni samaradorligini oshirish uchun o‘simliklar korxonaning shaxsiy ekin maydonlarida (plantatsiyalarda) organik holda, kimyoviy o‘g‘itlar va pestisidlar ishlatmasdan, tabiiy holatda yetishtiriladi. Jahon standartlari talablariga rioya qilgan holda zamonaviy texnologiyalar asosida qadoqlanadi.

“MEHRIGIYO” korxonasi jamoasiga yuqori malakali shifokorlar, fitoterapevtlar, sharq tabobati izdoshlari, fermerlar va texnologlar kiradi. 1992 yildan boshlab ular zamonaviy farmasevtika sanoati yutuqlari va qadimgi tabobat tajribalarini umumlashtirib muvaffaqiyatli qo‘llab kelishmoqda. Farg‘ona vodiysidagi shaxsiy ekin maydonlarida shifobaxsh o‘simliklar yetishtirishmoqda va foydali balzamlar, choylar, yog‘lar, asal, xolva va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

“MEHRIGIYO” korxonasida farmasevtlar, shifokorlar, akademiklar, bog‘bonlar mehnat qilmoqda, ular qadimgi sharq tabobati va zamonaviy farmasevtika yutuqlarini umumlashtirdilar. Korxona salomatlik uchun samarali shifobaxsh mahsulotlar ishlab chiqarmoqda va bu mahsulotlar mahalliy va xorijiy iste’molchilarni ishonchini qozonmoqda. 

Korxona tomonidan eksport qilinayotgan davlatlar:

Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Saudiya Arabistoni;

Korxona erishgan yutuqlari:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan “TASHABBUS” ko‘rik tanlovida ishtirok etib Respublika bosqichida:

2005 yil sovrinli 2-o‘rin;

2006 yil sovrinli 2-o‘rin;

2007 yil “Ekologik toza texnologiyalar uchun” nominatsiya g‘olibi;

2013 yil sovrinli 3-o‘rin;

Toshkent shahrida o‘tkazilgan “WORLD FOOD” xalqaro ko‘rgazmasida:

2010 yil “Moʻjiza” №1 ko‘k choyiga;

2011 yil “Papayya” qora choyiga;

2012 yil “Papayya” asaliga;

2013 yil “Rastoropsha” choyi va asaliga “Sifat ustasi” oltin medali va diplomi bilan taqdirlandi.

Moskva shaxrida bo‘lib o‘tgan “WORLD FOOD” xalqaro ko‘rgazmasida:

2016 yili “Papayya” choyiga;

2017-yilda “Garmoniya” balzamiga;

2018 yil “Alatoo” sharbatiga “Yil mahsulotioltin medali va diplomi bilan taqdirlandi.

Respublika Davlat Soliq qo‘mitasi tomonidan:

2014 yili O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan “Namunali soliq to‘lovchi” faxriy yorlig‘i;

2017 yil intizomli soliq to‘lovchi bo‘lganligi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi;

2012 yilda korxona ta’sischisi Abdurazaqov Alijon Ganiyevich “Shuxrat” medali bilan taqdirlangan.

Mazkur korxonada xar yili Lavanda festivali o‘tkazilib borilmoqda. Festival doirasida lavanda guli va iforidan tayyorlangan mahsulotlar ko‘rgazmasi, papayya, banan, godji, kivi, zaytunzorlardan iborat salomatlik bog‘i bo‘ylab ekosayohat, tibbiyot turizmi va mutaxassislar ko‘rigi, konsert va shou dasturlari o‘tkazilmoqda. Festivalga mamlakatimizning turli hududlaridan mehmonlar, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Malayziya kabi davlatlardan turistlar, inflyuyenserlar, fotosessiya ixlosmandlari va modellar, san’atkorlar, jurnalistlar va blogerlar tashrif buyurmoqda.