LUKOIL - jahondagi yirik neft-gaz kompaniyalaridan biri bo`lib, dunyoda qazib olinadigan neftning 1% dan ortig'i hamda isbotlangan uglevodorod zahiralarining qariyb 1% ushbu kompaniya hissasiga to`g'ri keladi.
Dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarning millionlab nafar aholisi o`z turmush darajasini oshirish yo`lida har kuni kompaniya mahsulotlari, energiya va issiqlikni xarid qiladi. 100 mingdan ortiq kishi Kompaniyaning samarali taraqqiyoti va uning bozordagi ilg'or pozisiyasini ta’minlash yo`lida o`z kuch-g'ayrati va iste’dodini sarflab kelmoqda. LUKOIL kompaniyasi uchun o`zbekiston o`zining yirik loyihalarini amalga oshiradigan muhim mintaqalardan biri hisoblanadi. Kompaniyaning o`zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan jami investisiyalari 5 mlrd AQSH dollardan oshdi. Barcha loyihalarni amalga oshirish uchun kutilgan investisiyalar hajmi esa 8 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi.
2004-yil 16 iyunda o`zbekiston Hukumati va OAO LUKOIL ochiq aksiyadorlik jamiyati va "o`zbekneftgaz" MXK tarkibidagi sarmoyadorlar konsorsiumi Qandim guruhi konlari, Xavzak, Shodi va Qo`ng'irot yo`nalishi mahsuloti taqsimotiga oid bitimni imzoladilar. 2018-yilda LUKOIL kompaniyasi o`zbekistonda tabiiy gaz ishlab chiqarishni yiliga 18 mlrd kub metrgacha oshirishdi. LUKOIL kompaniyasi innovatsion ishlab chiqarish salohiyati va tajribasi, hamda o`zbekistonlik sheriklar bilan yaqin va samarali hamkorligi tufayli o`zining yirik miqyosli loyihalarini to`la oshirmoqda.
Ta'kidlash joizki, istiqlol yillarida o`zbekistonda xorijiy sarmoyadorlar uchun keng turdagi huquqiy kafolatlar va imtiyozlar yaratildi, eng avvalo siyosiy va iqtisodiy barqarorlik bilan xususiyatlangan qulay investisiya muhiti shakllantirildi. Mamlakatimizdagi qulay ishbilarmonlik muhiti "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to`g'risida"gi, "Chet el investisiyalari to`g'risida"gi qonunchilik hujjatlari, o`zbekiston Respublikasi Prezidentining "To`g'ridan-to`g'ri xorijiy investisiyalar jalb etilishini rag'batlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g'risida"gi, "Neft va gaz konlarini qidirishga to`g'ridan-to`g'ri investisiyalarni jalb qilishga oid chora-tadbirlar to`g'risida"gi farmonlariga asoslanadi.
LUKOIL ning "o`zbekneftgaz" MXK bilan samarali hamkorligi bo`yicha to`plangan tajriba kompaniyaning o`zbekiston yoqilg'i-energetika tarmog'idagi muhim tarkiblardan biri ekanini ko`rsatdi.