Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Farg‘onada meva-sabzavot yetkazib berish tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro tajriba joriy etilmoqda

Joriy yilning 10-oktabr kuni Farg‘ona shahrida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan viloyat hokimligi bilan hamkorlikda “Meva-sabzavot mahsulotlarini daladan iste’molchiga yetkazib berish zanjirini rivojlantirishda xalqaro tajriba” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. BMT Taraqqiyot dasturi doirasida tashkil etilgan seminarda shahar va tumanlar hokimliklari, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari va eksportyorlari ishtirok etdi.

Vazirlik hududiy boshqarmasi rahbariyati tashqi bozorlar, xorijlik iste’molchilarning talab va ehtiyojlarini tizimli tahlil qilish va baholash muhimligiga to’xtalib, shu munosabat bilan tahliliy ko‘nikmalar va o‘qitish uslublarini o‘zlashtirish, jahon tajribasini hisobga olgan holda mahsulot yetishtirish va yetkazib berishning barcha bosqichlarini tashkil etish jarayonini muvofiqlashtirish bo‘yicha seminarning dolzarbligini ta’kidladi.

Xalqaro trenerlar ishtirokidagi o‘quv-seminar kun tartibiga, shuningdek, marketing strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha malaka oshirish, jozibador bozor tendentsiyalari, xatolar tahlili, bozorga kirish va mahsulotni ilgari surish strategiyasi, bozorni baholash, raqobat, xavf va istiqbollar kabi yo‘nalishlarda ma’ruzalar va muhokamalar o‘tkazildi.