Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

ITSV ishchi guruhining Surxondaryo viloyatidagi faoliyati yakunlari sarhisob qilindi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan respublika hududlarining sanoat korxonalari va eksportyorlari faoliyatini o‘rganish va ularga ko‘maklashish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Abidov boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatidagi 2208 ta mahalliy sanoat korxonalari faoliyatini o‘rgandi.

Aylanma mablag‘larni to‘ldirish, bank kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha to‘lov muddatlarini uzaytirish, qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish, kommunal xizmatlar tizimlariga ulanish, ruxsatnomalar olish bilan bog‘liq 247 ta muammoli masala aniqlandi.

198 ta korxona faoliyat yuritayotgan 36 ta kichik sanoat zonasi faoliyati o‘rganildi. KSZni qo‘shimcha infratuzilma bilan ta’minlash hamda zargarlik sanoati korxonalari faoliyatini yanada kengaytirish uchun mablag‘ ajratish lozimligi aniqlandi.

12 ta korxona tomonidan koʻtarilgan 13 ta masala joyida hal etilgan boʻlsa, qolganlari boʻyicha aniq muddatlar va masʼul shaxslar belgilab berilgan chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqildi.

Bu masalalarni hal etish natijasida viloyatda 40 million dollarlik mahsulot eksporti, 58 million dollarlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish ta’minlanadi, 1278 ta ish o‘rni tiklanadi.