Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

ITSV Ishchi guruhlari O‘zbekiston hududlarida o‘rganishlarni davom ettirmoqda

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Olimxon Rustamov boshchiligidagi Ishchi guruh Samarqand viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonini bilan yaqindan tanishdi.

O'rganish jarayonida Samarqand shahar, Xishrav-2 massivi Urgut EIZ hududida joylashgan “Azia Metall Prof” MChJning “Turli xil metall mahsulotlarini ishlab chiqarish” loyihasi hamda Samarqand tumanida joylashgan “Intramed” MChJning zamonaviy tibbiyot klinika markazi tashkil etish loyihasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Loyiha qiymati qariyb 35 million dollar bo'lgan “Azia Metall Prof” MChJ korxonasida jami 120 ta yangi ishchi o'rni yaratilishi ko'zda tutilgan hamda qiymati 33.2 million dollar bo'lgan “Intramed” MChJning zamonaviy tibbiyot klinika markazi faoliyatini yo'lga qo'yishi munosabati bilan 200 ga yaqin yangi ish o'rni ochilishi rejalashtirilgan.

Muloqot chog‘ida loyihalar tashabbuskorlari tomonidan muammoli masalalar o‘rtaga tashlandi. Ko‘tarilgan har bir muammoni hal etishga qaratilgan qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.