Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

ITSV Ishchi guruhlari respublika hududlarda o‘rganish o‘tkazib tadbirkorlarga yordam ko‘rsatmoqda

Joriy yilning 9-dekabr kuni investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Baxtiyor Rahimov boshchiligidagi vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimiyat organlari mas’ul rahbar va xodimlaridan iborat ishchi guruh Andijon viloyatidagi bir qator ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

Xususan, ishchi guruh a’zolari Bo‘ston tumanida joylashgan “Qodir tekstil” MChJ yirik ishlab chiqarish korxonasining faoliyati bilan tanishdi. Suhbat davomida tadbirkorlar kundalik faoliyatida duch kelayotgan muammolari, korxonani rivojlantirish rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra mazkur korxonada elektr energiyasi bilan ta’minlashda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish, eksportga yetkazib berish hajmini tiklashga ko‘maklashish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Ishchi guruh Andijon viloyatining boshqa tumanlaridagi sanoat korxonalarida ham faoliyatini davom ettirmoqda.