Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

JBIC raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 30-noyabr kuni investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Kudratov Yaponiyada tashrif bilan bo‘lib turgan Strategik islohotlar agentligi bosh direktori Shuhrat Vafayev rahbarligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi tarkibida Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) raisi Nobumitsu Xayashi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirok etdi.

Yaponiya tomoniga Yevropa tiklanish va rivojlanish banki bilan birgalikda Markaziy Osiyo investitsiya forumi ishini tashkil etishdagi yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda energetika, kimyo, AKT va boshqa sohalarda ijtimoiy va strategik muhim infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish doirasida JBIC bilan tizimli ishlarni davom ettirish muhimligi muhokama qilindi.

Ma'lumot uchun: JBIC bilan hamkorlik yillarida 2,6 milliard dollardan ortiq 11 ta loyiha amalga oshirildi, shundan 1,4 milliard dollari Bank kreditlari mablag‘i hisoblanadi.

Bank rahbariyati bilan “IDiEF”, “Sojitz Corporation”, “Kyuden International” va “Nebras” kompaniyalari ishtirokida Sirdaryo IESda (1600 MVt) kombaynli elektr stansiyasini qurish loyihasiga 500 million dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish masalasi kelishib olindi.