Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Lasselsberger Group O'zbekistonda uchta investitsiya loyihasini amalga oshiradi

Joriy yilning 23-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov “Lasselsberger Group” kompaniyasi bosh direktori Yozef Lasselsberger bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun: 1957 yilda tashkil etilgan Lasselsberger Group qurilish materiallari, keramika va minerallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda u 26 mamlakatda 30 ta ishlab chiqarish zavodiga ega. Yillik aylanmasi - 20 milliard dollar.

Yozef Lasselsberger mamlakatimiz bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi: – “So‘nggi paytlarda biz O‘zbekiston rahbariyatining xorijiy sarmoyadorlarga ko‘rsatilayotgan alohida qo‘llab-quvvatlashini his qilmoqdamiz”, – dedi u.

Uchrashuvda Qashqadaryo viloyatida mikrokalsit va Samarqand viloyatida katta formatli keramogranit mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar loyiha tashabbuslarini amalda hayotga tatbiq etish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini kelishib oldilar.