O‘zbekiston – Germaniya: o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish yo‘lida
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Kudratov va Germaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi elchisi Tilo Klinner ishtirokida ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
Hujjatlar qatoridan quyidagilar o‘rin oldi:
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati o‘rtasida moliyaviy hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim;
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati o‘rtasida texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim;
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashki savdo vazirligi hamda GFR Iqtisodiy ishlar va iqlim bo‘yicha federal vazirligi o‘rtasida o‘zbekistonlik ishbilarmon doira vakillari (rahbarlar) malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi Qo‘shma bayon.
Imzolash marosimida qayd etilganidek, kelishuvlarning amalga oshirilishi GFR moliyaviy ko‘magida ikki davlat o‘rtasida sog‘liqni saqlash, kasb-hunar ta’limi, moliya sektori va shahar xo‘jaligini rivojlantirish borasida yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlikni sezilarli darajada kengaytirishga imkon yaratadi.