Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

O‘zbekiston – Qatar: qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish sohasida yangi loyihalar

Joriy yilning 14-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Qatarning “Nebras Power” kompaniyasi biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Faysal Obayd al-Siddiqiy bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Tomonlar Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida umumiy quvvati 3,1 GVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha loyihalarni tayyorlash jarayonini ko‘rib chiqdilar.

Ma’lumot uchun: Nebras Power kompaniyasi 2014-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bosh qarorgohi Dohada (Qatar) joylashgan. Kompaniya energetika va suv sanoatida loyihalarni amalga oshirib keladi. Aktivlari - 2,3 milliard dollar, xodimlar soni 600 dan ortiq kishini tashkil qiladi. Kompaniya dunyoning 8 dan ortiq mamlakatlarida faoliyatini olib boradi.