O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun bilan tabriklaymiz!
31 yil avval mamlakatimizda "O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i to'g'risida"gi Qonun qabul qilindi. Mamlakatning asosiy ramzlaridan biri bo'lib, u xalqimizning ming yillik orzulari va intilishlarini aks ettiradi.
Bayroqni ko’kka ko'tarish - bu eng muhim voqealarni belgilaydigan maxsus marosimdir. Davlat binolari, diplomatik missiyalar, maktablar va universitetlar ustidan, xalqaro musobaqalarda ko'tarilgan Vatan bayrog'i zamonaviy O'zbekistonning yangi g'alabalarining ramziy ifodasi bo'lib, qalblarga ishonch bag'ishlaydi va yangi yutuqlarga undaydi!
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi barcha vatandoshlarimizni ushbu bayram - O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun bilan tabriklaydi!