O‘zbekiston va Qatar Buxoroda yangi loyihalarni amalga oshirish niyatida
8-noyabr kuni Qatar Davlatining sobiq Bosh vaziri, ushbu mamlakatdagi qator yirik investitsiya va sanoat xoldinglari asoschisi Hamad bin Jassim Ol-Soniy boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamrohligida Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Buxoro shahridagi qishloq xo‘jaligi klasteri faoliyati bilan tanishildi. Mehmon korxonada yo‘lga qo‘yilgan ommabop mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonlarini yuqori baholadi.
Hamad bin Jassim Ol-Soniyga qishloq xoʻjaligi klasteri faoliyatini kengaytirish boʻyicha rejalashtirilgan loyihalar, Buxoro viloyatining savdo-iqtisodiy imkoniyatlari va umuman, Oʻzbekistonda yaratilgan investitsiya muhitining qulay sharoitlari taqdim etildi.
Taqdimotlar chog‘ida turli sohalarda hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Xususan, tayyor toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishildi.
Mehmonlar, shuningdek, Buxoroning jahonga mashhur meʼmoriy ansambllariga tashrif buyrdilar.