Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

O‘zbekiston va Vetnam savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirmoqchi

Vetnam Sotsialistik Respublikasiga tashrif doirasida Xanoy shahrida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Vetnam sanoat va savdo vaziri Nguyen Xong Dyen o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish, sanoat kooperatsiyasi rivojlantirish va transport-logistika sohasida o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, tomonlar so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Vetnam o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi ikki barobar oshganini qayd etdilar. Bu borada hali ishga solinmagan katta imkoniyatlar mavjudligi inobatga olinib, Bojxona sohasida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi Bitimni ko‘rib chiqish va tuzishni tezlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bundan tashqari, oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va nomenklaturasini diversifikatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish maqsadida Qoʻshma Ishchi guruh tuzish masalasi kelishib olindi.

Eng samarali logistika yo‘nalishlarini ishlab chiqishni nazarda tutgan holda transport va logistika sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar muhokama qilingan loyihalar doirasida hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyorligini bildirdilar, shuningdek, Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Vetnam Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini va qoʻshma biznes-forumni o‘tkazishga kelishib oldilar.