Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Termizda eksport faoliyatini rag'batlantirish masalalari bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi

19-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev rahbarligida hamda vazirlik va idoralar, tarmoq birlashmalari va hokimliklar rahbarlari ishtirokida Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo'yicha Hukumat komissiyasining yig'ilishi o'tkazildi.

Yig'ilishni o'tkazishdan ko'zlangan maqsad tashqi savdo faoliyati samaradorligini oshirish va tadbirkorlar bilan o'zaro munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishdir. Shuningdek, viloyatning ayrim hududlari kesimida investitsiya loyihalari va eksport shartnomalari amalga oshirilishi va tadbirkorlikni rivojlantirishga ta'sir ko'rsatadigan tizimli muammolar tahlil qilindi.

Tahlil natijalari asosida mutasaddilarga tashqi savdo faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlash va eksport shartnomalarining o'z vaqtida bajarilishini ta'minlashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlarni ishlab chiqish topshirildi.