TIIF-2023: biznes uchun nizolarni samarali va adolatli hal etish tizimini tashkil etish – ustuvor vazifalardan biri
28-aprel kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumining ikkinchi kuni doirasida “Biznes uchun odil sudlov: bugun va kelajak” panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Sessiyada YETTBning sobiq bosh maslahatchisi Meri-Enn Birken, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining biznes-ombudsmani Dilmurod Qosimov, XMKning bozorni rivojlantirishda konsalting loyihalari bo‘yicha menejeri vazifasini bajaruvchi Villem Dou, White and Case vakili Genzel Fam va Allen & Overy vakili Anton Konnov spiker sifatida ishtirok etishdi. Moderator sifatida Toshkent xalqaro arbitraj markazi (TIAC) bosh direktori Diana Bayzakova qatnashdi.
Sessiyada tadbirkorlik subyektlarining sud jarayonlarida o‘z manfaatlarini himoya qilishiga yordam beruvchi turli mexanizmlar mavjudligi ta’kidlandi. Ammo amaliyot shuni ko'rsatadiki, ularning hammasi ham samarali ishlamaydi va adolatni ta'minlamaydi. Ko'pincha byurokratiya va ishlarni sekin ko'rib chiqish biznes rivojlanishiga to'sqinlik qiladi va natijada katta xarajatlarga sabab bo’ladi.
Spikerlar biznesdagi nizolarni hal etishning samarali tizimini tashkil etish masalasini ko‘tardilar, xarajatlarni kamaytirish maqsadida ishlarni ko‘rib chiqish tezligini oshirish chora-tadbirlari, shuningdek, raqamli zamonnning nizolarni hal etish tezligi va adolatliligiga ta’sirini muhokama qildilar.
Diana Bayzakova panel sessiyasidagi chiqishini investorlar uchun barqaror sud tizimi zarurligidan boshladi:
– Xabaringiz bor, investor va tadbirkorlar uchun ularning biznesini huquqiy himoya qilish muhim ahamiyatga ega. O‘zbekistonda huquq himoyasi kuchaydi, tadbirkorlik sohasidagi shaxslarni himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashga va korrupsiyaning oldini olishga kirishdik, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Biznes-ombudsmani Dilmurod Qosimov.
“Iqtisodiyot yangi bosqichga ko‘tarildi, biznes bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar boshqa davlatlar tomonidan ham ma’qullanmoqda”, - deya qo‘shimcha qildi D.Qosimov.
Shuningdek, u Biznes-ombudsman instituti faoliyatiga to‘xtalib o‘tdi. Mazkur institut muammoga duch kelgan tadbirkorlarning murojaatlarini hal etishga qaratilgan. O‘tgan yil davomida 600dan ortiq murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, hozirda ular ko‘rib chiqilmoqda. O‘rta va kichik biznesni himoya qilish ustuvor vazifa sanaladi, – dedi Dilmurod Qosimov.
YETTB sobiq bosh maslahatchisi Meri-Enn Birken O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Toshkent xalqaro investitsiya forumining birinchi kunida e’lon qilingan xalqaro xo’jalik sudining kelgusi faoliyati hamda tashkil etish rejalari tafsilotlari bilan o‘rtoqlashdi.
– Bugungi kunda bunday sudlar butun dunyoda keng tarqalgan. Hozirda uni O'zbekistonda ishlab chiqish jarayoni davom etmoqda. Sudning vazifasi xalqaro biznes nizolarini hal qilishdir. Ushbu muassasa mahalliy emas, balki ingliz qonunlari asosida ishlaydi. Hujjatlar ingliz tilida topshirilishi mumkin. Sudyalar ham xorijdan jalb qilinadi. Ularni tanlashda investitsiya masalalarini hal qilish tajribasi va til bilish ko’nikmalari hisobga olinadi. Odatda xorijiy investorlar bunday sudlarga katta ishonch bildiradilar, - deya tushuntirib o'tdi di Meri-Ann Birke.
XMKning bozorlarni yaratish bo‘yicha konsalting loyihalari menejeri vazifasini bajaruvchi Villem Dou forumning muhimligini ta’kidladi: “Qonun va arbitraj bilan bog‘liq masalalar faqat shunday forumlarda hal etilishi mumkin”.
White va Case hamkori Gensel Fam ham investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi qonunchilik bazasining ahamiyati haqida fikr bildirdi:
— Albatta, qonunchilik bazasi zarur. Investorlar investitsiya kiritmoqchi bo'lganlarida, birinchi navbatda qonunlarga e’tibor qaratishadi. Lekin qonun nafaqat qanday yozilgani, balki uning qanday ishlayotgani ham muhim. O‘zbekiston va boshqa davlatlar o‘rtasida xalqaro shartnomalar mavjud. Investorlar uchun ushbu mexanizmlardan foydalanish va alohida investitsiyaviy shartnomalar orqali himoyalanish juda muhimdir.