Toshkent viloyatida gazbeton mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha navbatdagi loyiha amalga oshirildi
Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida xitoylik investorlar tashkil qilgan “Xinyuan Building Materials Company” MChJ tomonidan avtoklavlangan gazbetondan qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Loyiha doirasida 2 million dollarlik toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirildi. Korxonada 50 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Zavodning yillik ishlab chiqarish quvvati yiliga 450 ming m3 gaz bloklari bo'lib, ishga tushirilgan birinchi yildan boshlab 500 ming dollarlik mahsulotlarni eksportga yetkazib berish imkoniyati mavjud.