Toshkentda “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi
2023-yilning 24-26-aprel kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” MKK maydonida uchinchi bor mintaqa sanoati rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan tadbir - “INNOPROM. Markaziy Osiyo" koʻrgazmasi bo‘lib o‘tadi.
24-aprel kuni barcha mehmonlar uchun kirish bepul. Ko‘rgazmada xalqaro sanoat kompaniyalari hamda MDH mamlakatlari ishlab chiqaruvchilari jamoaviy milliy stendlari bilan ishtirok etadi.
Ochiq ekspozitsiya uchun alohida maydon ajratilgan bo‘lib, unda MDH davlatlarining yirik ishlab chiqaruvchilarining qishloq xo‘jaligi va transport texnikasi namunalari namoyish etiladi.
Tadbir dasturiga muvofiq 24-aprel kuni maxsus loyiha – INNOPROM universiteti boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekistondagi talabalar va yosh mutaxassislar auditoriyasi uchun yetakchi universitetlar va sanoat kompaniyalari tomonidan tayyorlangan maʼruzalar va seminarlar oʻtkaziladi.
Xalqaro ko‘rgazma doirasida uchrashuvlar va texnologik turlar ham rejalashtirilgan.
Ishtirokchilarning batafsil ro'yxati bilan INNOPROM.Markaziy Osiyo. veb-saytida tanishish mumkin.