Toshkentda "Sanoat 4.0" texnologiya seminari boʻlib oʻtdi
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Malayziya Davlat texnologik taraqqiyot korporatsiyasi (Malaysian Technology Development Corporation – MTDC) ekspertlarini jalb qilgan holda mahalliy sanoat korxonalari vakillari uchun joriy yilning 19-21 oktabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “Kichik, oʻrta va katta korxonalarda Sanoat 4.0 -texnologiyasini joriy etishni jadallashtirish” mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston davlat va xususiy sektorining 60 dan ortiq turli tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda.
Seminar davomida “Sanoat 4.0” ning asosiy xususiyatlari, ya’ni “yuqori ma’lumotlar”, “bulutli hisoblash”, “buyumlar interneti” va “aqlli ishlab chiqarish” texnologiyalarini joriy etishni jadallashtirish, axborot texnologiyalarining sanoatga chuqur integratsiyalashuvi ("Cyber-Fisical Systems" yoki CPS) bo‘yicha ma’ruzalar va taqdimotlar o‘tkazilmoqda.
Ma’lumot uchun: MTDC 1994 yilda Malayziya Xalqaro savdo va sanoat vazirligi tomonidan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish va ularning natijalarini iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlariga joriy etish maqsadida tashkil etilgan. Korporatsiya sanoat korxonalari uchun zarur bo‘lgan yangi texnologiyalarni ishlab chiqadi va moliyalashtiradi, startap ekotizimini yaxshilaydi, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlaydi va yangi loyihalarni moliyalashtiradi. Shu bilan birga sohaning turli yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislarning malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
Ishtirokchilarning fikricha, kurs davomida olingan ko‘nikmalar mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz. Tadbir yakunida ishtirokchilarga ushbu treningni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari to‘g‘risida sertifikatlar topshiriladi.