Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Xalqaro yuk tashish xavfsizligini yana-da takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 27-sentabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining transport bo‘limi boshlig‘i Valter Nissler boshchiligidagi delegatsiya bilan barqaror xalqaro savdoning o‘sishi, transport yo‘laklari bo‘ylab yuk va yo‘lovchi tashish xavfsizligini mustahkamlash yo‘lida mamlakatimizning tranzit va transport salohiyatini yana-da mustahkamlashning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Logistika sohasida kichik va xalqaro biznes sohasini rivojlantirish, transport tizimini raqamlashtirish, shuningdek, yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlarini tashkil qilishga qaratilgan loyihalarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Mazkur masalalarni Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz davlatlari bilan muhokama qilish maqsadida BMT YEIK ko‘magi bilan joriy yilning 26-27-oktyabr kunlari Toshkent shahrida SPEKA dasturi ishtirokchi davlatlari Ishchi guruhi yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.