Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Xitoy O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirish uchun grantlar ajratadi

Joriy yilning 8-sentabr kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir o‘rinbosari Sarvar Xamidov va O‘zbekistonda bo‘lib turgan Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi rahbari Xalqaro taraqqiyot hamkorlik agentligi raisi o‘rinbosari Den Botsin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida Xitoy Xalq Respublikasi hukumatining grant mablag‘lari hisobidan loyihalarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqilib, ikki tomonlama moliyaviy-texnik hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Xitoy tomoni O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarni yuqori baholadi va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni hayotga tatbiq etishda o‘zaro hamkorlikni yanada faollashtirishga tayyorligini bildirdi.

Yig‘ilish yakunida ustuvor yo‘nalishlarda grant loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha Memorandumni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Hujjatda qishloq va suv xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, taʼlim va institutsional rivojlanish kabi sohalarda umumiy qiymati 190 million dollardan ortiq boʻlgan 14 ta loyihani amalga oshirish nazarda tutilgan.