Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Xodjayev Jamshid Abduhakimovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan Xodjayev Jamshid Abduhakimovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimidan ozod etildi.

Malumot uchun: Xodjaev Jamshid Abduhakimovich 1979 yil 21-dekabrda Qo‘qon shahrida tug'ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Buyuk Britaniyaning Birmingem universitetini tamomlagan.

2000-2017-yillarda “O‘zprivatbank” O‘zbekiston xalqaro banki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

2009-2017-yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Xalqaro zaxiralarni boshqarish departamenti direktori, O‘zmilliybank boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Davlat budjeti tushumlarining to‘liqligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i, 2017-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri, 2019-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri, 2022-yil 16-iyuldan amaldagi tayinlovga qadar Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boyicha orinbosari Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimlarida faoliyat olib borgan.