Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Rasmiy sahifaga havola 

 

O‘zbekiston Ryespublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF–5106-son Farmoni, 2017-yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3138-son qarori hamda Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashining 2019-yil 24 dekabrdagi 2019/31-5-son va 47-son “O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligidagi Yetakchilar kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi idoraviy qarori asosida Vazirlikda va tizimga kiruvchi tashkilotlarda Yetakchilar kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Yetakchilar kengashi 3 kishidan iborat bo‘lib, uning tarkibiga Rais, tashkiliy va axborot-tahlil yo‘nalishi koordinatori va quyi tizimlardagi boshlang‘ich tashkilotlariga uslubiy ko‘maklashish yo‘nalishi koordinatori kiradi.

Kengash o‘z faoliyati doirasida Vazirlikdagi yosh xodimlar tomonidan davlatimizning yoshlar siyosatini izchil va samarali hayotga tadbiq etish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoyalash tizimini tubdan isloh qilishga qaratilgan taklif va mulohazalarini ilgari suradi.

Bundan tashqari, Yetakchilar kengashi Vazirlikda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlarning muammolarini doimiy ravishda o‘rganish, ularga yechim topish, yoshlarning bo‘sh vaqtidan samarali foydalanishlari uchun shart-sharoit yaratish bilan shug‘ullanadi.

 

 Yosh mutahassislarni tanlash DASTURI