Euronews telekanali O‘zbekistonning investitsyaviy jozibadorligi to‘g‘risida videorolikni namoyish etmoqda
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi “BAT Uzbekistan” QK bilan hamkorlikda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining maslahat ko‘magida “Euronews” telekanalida so‘nggi yillarda mamlakatimizning investitsyaviy muhitini va biznes yuritish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarni keng yoritish maqsadida PR-kampaniyasini yo‘lga qo‘ydi.
Efirga uzatilayotgan rolikda bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonning boy tarixi, sanoat va ishlab chiqarishining yuksak darajasi, turizm salohiyati, bag‘rikeng xalqi va betakror tabiati ochib berilgan.
Dunyoning yetakchi telekanallaridan birining imkoniyatlaridan foydalangan holda olib borilayotgan imij kampaniyasidan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga kengroq tanishtirish, investorlar e’tiborini jalb qilish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hajmini oshirishdan iborat.