Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Islandiyaning Loftleiðir kompaniyasi bilan yangi hamkorlik loyihalari muhokama qilindi

Joriy yilning 7-oktabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Islandiyaning Loftleiðir kompaniyasi  vitse-prezidenti E. Svavarsson boshchiligidagi delegatsiya bilan turli sohalardagi loyihalarga investitsiyalarni jalb qilish istiqbollari muhokamasiga bag‘ishlangan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Xususan, tomonlar havo transporti sohasidagi, qayta tiklanadigan energiya manbalarini barpo etish hamda yuqori texnologiyalarni rivojlantirish loyihalariga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish masalalarini muhokama qildilar.

Loftleiðir rahbariyati kompaniya xorijdagi sanoat va infratuzilma obyektlarini xususiylashtirish bo‘yicha katta tajribaga ega ekanligini taʼkidladi hamda O‘zbekistonning yirik korxonalarini xususiylashtirishda ishtirok etish niyati, shuningdek, ushbu sohalarda tadbirkorlarga maslahat xizmatlarini ko‘rsatishga tayyorligini maʼlum qildi.