Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

O‘zbekiston va Chexiya ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga tayyor

Joriy yilning 23-iyun kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Oybek Xamraev Chexiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vatslav Yilek bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida asosiy e’tibor ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari va qo‘shma yirik tadbirlarni tashkil etishga qaratildi.

Xususan, iqtisodiy hamkorlikning ijobiy dinamikasi qayd etildi. Keyingi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi, qo‘shma korxonalar sonining ortishi kuzatilmoqda. O’zaro sarmoyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishni rag‘batlantirishga tayyorlik ta’kidlandi.

Suhbat iyul oyida Toshkent shahrida Iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Chexiya Hukumatlararo qoʻshma komissiyasining boʻlib oʻtadigan 9-yigʻilishining tashkiliy va mazmuniga doir masalalari muhokama qilindi. Unda Chexiya Respublikasining sanoat va savdo sohasi vaziri Yozef Sikel ishtirok etishi kutilmoqda.

“Ikki tomonlama hamkorlik salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarish uchun biz barcha zarur yordam koʻrsatishga tayyormiz”, dedi Vatslav Yilek.

Uchrashuv yakunida tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni chuqurlashtirishga oʻzaro intilishlarini tasdiqladilar hamda muhokama qilingan loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish doirasidagi hamkorlik formatini belgilab oldilar.