Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Samarqandda XVI Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumi o‘z ishini boshladi.

3-noyabr kuni Samarqandda ishbilarmon doiralar vakillari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, mavjud muammolarni muhokama qilish uchun shart-sharoit yaratish va qo‘shma sarmoyaviy tashabbuslarni amalga oshirish uchun o‘sish nuqtalarini aniqlashga qaratilgan XVI Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumi o‘z ishini boshladi.

Forumda O‘zbekiston, Yevropa va Osiyo mamlakatlarining vazirlik va idoralar, tarmoq birlashmalari, moliya institutlari, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, shuningdek, 450 dan ortiq kompaniyalar rahbarlari ishtirok etmoqda.

Ochilish marosimida tadbirning savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy hamkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni, Yevropa va Osiyo mamlakatlari o‘rtasida azaldan savdo-iqtisodiy markaz bo‘lib kelgan qadimiy Samarqandda o‘tkazilayotganining ahamiyati ta’kidlandi. Davlat Rahbarlarining murojaatlarida mintaqadagi barcha davlatlar manfaati yo‘lida iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga tayyorlik bildirildi.

Ikki kun davom etadigan forum doirasida xalqaro iqtisodiy aloqalar, savdo, sarmoyaviy va sanoat kooperatsiyasi, energetika va ekologiyaga oid muhokamalar bo‘lib o‘tadi.

Nufuzli forumda yirik kompaniyalarning yuqori mansabdor shaxslari, davlat va jamoat arboblari, ekspertlar, diplomatlar, turli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillarining ma’ruzachilar sifatida ishtirok etishi tomonlarning eng ustuvor masala va mavzular bo‘yicha hozirgi pozitsiyasini aniqlash, shuningdek, uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan koʻp tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning yangi oʻsish nuqtalarini aniqlash imkonini beradi.