Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

“Nestle” kompaniyasi oziq-ovqat va ichimlik mahsulotlarining yirik ishlab chiqaruvchilaridan va sog‘lom ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini olib borish sohasida ekspert hisoblanadi.

Kompaniyaning shiori - iste’molchilarni yuqori sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash yo‘li orqali hayotni yaxshilashdir. “Nestle” ning tarixi 1866-yildan boshlanadi. Bugungi kunga kelib kompaniyaning 6 qit’a iste’molchilariga tanish bo‘lgan 4000 dan ziyod brendi bor. “Nestle”ning 150 dan ortiq mamlakatlarda 330 000 ishchilari bor. Uning fabrika va vakolatxonalari 83 ta davlatlarda faoliyat yuritadi.

“Nestle Uzbekistan” MCHJ 2000-yil fevral oyida Namangan viloyatidagi "Nafosat" sut zavodi negizida tashkil qilingan (1999 yil 13 oktabrdagi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq). Kompaniya O‘zbekistonning ulkan va uzoq muddatli imkoniyatlariga ishonadi va shuning uchun respublikadagi investisiya faoliyatini davom ettirmoqda.

Namangandagi korxona faoliyatini 2002-yilda boshladi. Namangandagi zavodda dastlab ichimlik suvi va sterilizatsiyalangan sut ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan edi. Keyinchalik 2004 yilda bolalar bo‘tqasini ishlab chiqarilishi o‘zlashtirilgan. 2011 yilda “Nestle Uzbekistan” Toshkentda ichimlik suvini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi korxonani ishga tushirdi.
2013-yilda - Namanganda sut ishlab chiqarish yangi zavod faoliyatini boshladi.

“Nestle Uzbekistan” zavodlari eng zamonaviy, ilg‘or, Yevropada ishlab chiqarilgan liniyalar bilan jihozlangan, ular doimiy ravishda yangilanib turadi. Xomashyoni qayta ishlash barcha texnologik bosqichlari va qadoqlash jarayoni zamonaviy labortoriyalarda puxta nazoratdan o‘tkaziladi.

“Nestle Uzbekistan” MCHJ turli ta’lim dasturlari va maslahatlar berish orqali fermerlarni qo‘llab-quvvatlashda faol ishtirok etib keladi.