2019-yil 8 noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi va Masdar kompaniyasi (BAA) o‘rtasida investisiya bitimini imzolanishi bo‘lib o‘tdi.
Masdar kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Navoiy viloyatida umumiy quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasini qurishga 100 million dollargacha sarmoya kiritadi.
2019-yil 4 oktabr kuni amirlikning Masdar kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi tarixida quyosh energiyasiga davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida investisiyalarini jalb qilish bo‘yicha birinchi ochiq tender g‘olibi deb e’lon qilingan edi.
Ma’lumot uchun: Masdar kompaniyasi – Abu Dabi Hukumati Mubadala Investment Company investisiya holdingining shoʻba korxonasi bo‘lib, dunyodagi qayta tiklanadigan energiya sohasida yetakchi kompaniyalardan biridir. Kompaniyaning amalga oshirilgan investisiya loyihalari portfeli qayta tiklanadigan manbalardan elektr energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha
4000 MVt dan ortiq o‘rnatilgan quvvatni o‘z ichiga oladi.