Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan oʼzaro hamkorlik masalalari koʼrib chiqildi
Joriy yilning 12 iyulь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (EIK) Hayati raisi Mixail Myasnikovich boshchiligidagi YeIK delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuv chogʼida Oʼzbekistonning kuzatuvchi davlat maqomida YeIK bilan oʼzaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar oʼzaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik, tenghuquqlilik va milliy manfaatlar hisobga olinishi tamoyillariga, shuningdek, Oʼzbekistonning YeIK mamlakatlari bilan investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, transport va logistika sohalarida yanada yaqin hamkorlik qilishi uchun qoʼshimcha imkoniyatlar yaratish boʼyicha qoʼshma chora-tadbirlarni amalga oshirishga oʼzaro sodiqligini taʼkidladilar.
Muhokama yakunlari boʼyicha tomonlar Oʼzbekiston Respublikasi hukumati va YeIKning 2021-2023 yillarga moʼljallangan amaldagi Qoʼshma tadbirlar rejasiga Hamkorlikning qoʼshimcha yoʼnalishlari roʼyxatini imzoladilar. Unda mamlakatning tegishli vazirlik va idoralarining YeIKning tegishli boʼlinmalari bilan savdo, sanoat, bojxona va soliq maʼmuriyatchiligi, texnik jihatdan tartibga solish, sanitariya va fitosanitariya standartlari, energetika, farmatsevtika, mehnat migratsiyasi va boshqa sohalarda oʼzaro hamkorlik qilish chora-tadbirlari koʼzda tutilgan.